De Bryuyne: "Oltin to'p"ni qo'lga kirita olaman"

Mirjalol Normatov
1 mar 2020, 14:15
"Manchester Siti" va Belgiya termasi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne "Oltin to'p"ni qo'lga kirita olishini aytdi.

"Men "Oltin to'p" uchun uzoqlik qilmasam kerak. Har doim o'zimni yanada kuchliroq qilib ko'rsatishga harakat qilaman. Bilmadim, eng yaxshilarni kim aniqlaydi. Balki men ham shundaylarning biridirman.

So'nggi bir necha yillarda qattiq mehnat ortidan yilning eng yaxshi futbolchilari o'ttizlik ro'yxatiga kirdim. Endi maqsadlarni yuqori qo'yib, kattaroq sovrinlarga ega chiqish kerak", - dedi De Bryuyne.

Belgiyalik ushbu mavsumda 33 o'yinda 9 gol urdi. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal