De Bryuyne Daniyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
2 sen 2020, 16:39
Yarim himoyachiga Belgiya terma jamoasi o'yinni o'tkazib yuborishga ruxsat berdi.

Kevin De Bryuynening rafiqasi uchinchi bolani dunyoga keltirishga tayyorlanmoqda. Daniyaga qarshi o'yinda Kevin maydonga tushmasligi mumkin.

Hali futbolchi o'z jamoasining yig'iniga qo'shilmadi. De Bryuyne allaqachon Islandiyaga qarshi o'yinni kutmoqda.

Belgiya Millatlar Ligasida oson bo'lmagan guruhdan joy olgan. Shuningdek belgiyaliklar bilan ushbu guruhdan Angliya ham joy olgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: lequipe.fr