Dayer: "Loris - Angliya chempionatidagi eng yaxshi darvozabon"

Aslanov Jasurbek
24 okt 2016
"Tottenxem" yarim himoyachisi Erik Dayer klub darvozaboni Ugo Lorisni Angliya chempionatining eng yaxshi posboni deb atadi.

"Loris men uchun - liganing eng yaxshi darvozaboni. Unga etarlicha baho berishmayapti. Negaligini bilmayman. Balki gap uning kamtarligidadir, lekin u fantastik posbon. Uning yagona qiziqishi - futbol. Ugo o'tgan mavsumda ajoyib seyvlar amalga oshirgan va hozir ham mo'jizalar yaratmoqda. Agar bizga qarshi tezkor hujumchi o'ynasa u tozalovchi rolini bajara oladi. Kimdir u bilan bellasha oladi deb o'ylamayman, ammo futbolda fikrlar turlicha" - deydi Dayer.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal