Davron Hoshimov Evro-2020 va milliy jamoa haqidagi savollarga javob berdi

Biroz avval poytaxtdagi "To'qimachi" o'yingohida o'tkazilgan nazorat bahsida Qarshining "Nasaf" jamoasi Namangan "Navbahor" klubini mag'lub qildi (2:1).

Biz o'yindan keyin maydonda haqiqiy jangchiga aylanadigan "Navbahor" himoyachisi Davronbek Hoshimovning ayni kunlarda "trend"da bo'lib turgan savollarga javobini oldik.

- Yevropa chempionatida  qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

- Germaniya terma jamoasiga ishqibozlik qilaman. O'ylaymanki, Yoaxim Lyov shogirdlari turnir so'nggida chempionlikni tantana qilishadi. 

- O'zbekiston terma jamoasini bir-biridan muhim 2 o'yin kutib turibdi. Qanday natija kutyapsiz?

- Faqat g'alaba. To'g'ri, Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin qiyin bo'ladi. Lekin, biz yigitlarga ishonamiz, ularni buni uddalashadi.

- Siz o'ynaydigan nuqtada Sigapur bilan o'yinni asosiy tarkibda boshlagan Aliqulov jarohatlandi. Keyin "Paxtakor" vakili Hojiakbar Alijonov maydonga tushdi. Mana shu nuqtada terma jamoaga davogarlardan yana kimlarni ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz?

- AGMKda o'ynayotgan Dilshod Ahmadaliev juda kuchli futbolchi. Bugun bizga qarshi o'ynagan "Nasaf" futbolchisi Dilshod Saitov ham undan qolishmaydi. Lekin, barchamiz murabbiyning qarorini hurmat qilamiz va u ishonch bildirsa, maydonda borimizni berishga tayyormiz. 


Manba: championat.asia