Davron Fayziev: "Metallurg" haqiqatdan ham kuchli jamoa ekanini namoyish etdi"

Narzulla Saydullayev
4 avg 2016, 09:21
“So'g'diyona” - “Metallurg” (0:0) uchrashuvidan keyin tashkillashtirilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Davron Fayziev qatnashdi.

-  Uchrashuv keskin kurashlarga boy bo'ldi. “Metallurg” haqiqatdan ham kuchli jamoa ekanini namoyish etdi. Ularg bejizga kuchli jamoalar qatoridan o'rin olishmagan. Bugungi o'yin shunday tarzda kechdiki, qaysidir jamoa gol ursa o'sha jamoa g'alaba qozonardi. Uchrashuv bitta gol bilan yakun topish ehtimoli katta edi.

Jamoadan ketgan futbolchilar haqida nima deyishim mumkin? Ular o'z hohishlari bilan boshqa jamoalarga o'tishdi. Davralar oralig'idagi yig'inimiz ko'ngildagidek o'tdi deb ayta olaman. Tarkibimizni esa bir qator futbolchilar bilan to'ldirishga harakat qildik. Bugun jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilar maydonda yomon harakat qilishmadi.

Turnir jadvalidagi bizning natijalarimizga e'tibor bersak, urilgan gollarimiz soni kam. Hujumchi muammosi bor. Shu bois jamoaga Ixtiyor Toshpo'latovni taklif etdik. Bugungi o'yinda u maydonda yomon harakat qilmadi, deb o'ylayman. Qisqaroq qilib aytganda, bugun maydonda harakat qilgan yangi futbolchilarimizda biroz hayajon borligi sezildi. Balki ularning jizzaxlik muxlislar oldidagi dastlabki o'yinlari bo'lgani bunga sababdir, - deydi Fayziev.


"So'g'diyona" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia