

"Uydagi oxirgi o'yin uchun muxlislardan uzr so'rayman. O'z maydonimizdagi so'nggi bahsni bunday yirik mag'lubiyat bilan yakunlash juda alamli. Futbolchilar oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik deb umuman o'ynashmadi. "So'g'diyona"ning hech bir futbolchisining harakatidan qoniqmadim. Imkoni bo'lganida 11 nafar futbolchini almashtirgan bo'lardim.
Yangi mavsum rejalari? Klub rahbarlari bilan hali bu borada gaplashganim yo'q. Bor e'tiborim 22 noyabr kungi bahsga qaratilgan. Jamoadagi futbolchilarning, xattoki mening ham shartnomam 31 dekabrda tugaydi. Biz OCHLda o'ynamaymiz, shu bois 18-20 dekabrdan mavsumga tayyorgarlikni boshlaymiz. Yangi yildan so'ng kimlar qolishi va kimlar ketishi ma'lum bo'ladi. Ko'plab futbolchilarga takliflar bor. O'zimning ham qolish qolmasligim aniq emas", - deydi Davron Fayziev.
Dildora Xolboeva
"So'g'diyona" matbuot xizmati




