Davide Frattezi: "Uyat, hech qayerda bunaqasini ko'rmaganman"

Omonjon To`xtamirzayev
13 sen 2023, 16:23
Italiya va Ukraina termalari o'rtasidagi uchrashuvda dubl qayd etgan Davide Fratezzi "San-Siro"ga yig'ilgan muxlislar italiyaliklar posboni Jijjo Donarrummaga qarata hushtak chalganini tanqid qildi.

"To'g'risini aytsam, muxlislarning bu ishi juda uyatli. Avvallari hech qayerda bunaqasini ko'rmaganman: terma jamoa futbolchisini o'z muxlislari hushtakbozlik bilan qarshi olsa. Bunday munosabatni tushuna olmayapman, sababi barchamiz bu yerda Italiya sharafini himoya qilamiz. 

Men uning oldiga borib, biz uni qo'llab-quvvatlashimiz va ajoyib kiperligini aytdim. Donnarumma - top o'yinchi. U bunday holatlarda o'zini qanday tutishni yaxshi biladi".

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: rac1.cat