David De Xea: "Umid qilamanki, yana bir necha yil davomida MYU sharafini himoya qilaman"

Sherzod Nurmatov
27 apr 2020, 02:49
Darvozabon David De Xea yana bir necha yil MYU sharafini himoya qilmoqchi ekanligini aytdi.

"Ha, mening yoshim o'tib boryapti. Bu klubning bir qismi bo'lish sharaf. 

Deyarli o'n yil o'tib ketganiga ishongim kelmaydi. Bu xuddi tushga o'xshaydi. Ushbu klubda o'ynash juda ajoyib, shuning uchun bu yerda yana bir necha yil qolaman degan umiddaman", - deydi De Xea.

Eslatib o'tamiz, David De Xea MYUga 2011 yilda "Atletiko Madrid" klubidan kelgandi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Erevening News