Darvozabon o'yin vaqtida telefondan foydalangani uchun jazolandi

Aslanov Jasurbek
27 iyul 2018, 16:45
Braziliya oliy sudi darvozabon Aderbar Santos maydonga qo'lida telefoni bilan chiqqan uchun "Atletiko Paranaense"ga jarima soldi.

Bu "Atletiko Mineyro"ga qarshi Braziliya chempionati uchrashuvida (1:2) sodir bo'ldi.

O'yin boshlanishidan avval darvozabon qo'lidan telefon bor edi va bosh hakamning xushtagidan so'nggina Santos mobil qurilmasini chiziq tashqarisiga tashladi.

Ma'lum bo'lishicha, "Atletiko Paranaense" shu yo'l bilan avtomobil rulida telefondan foydalanish muammosiga e'tibor qaratishga yo'naltirilgan akciyada ishtirok etdi.

"Maydonga qo'limda telefon bilan chiqqanim uchun jazolandim, ammo rulda shu ishni qilganlar ham jarima to'lashini istayman. Bu gol o'tkazib yuborgandan jiddiyroq" - deydi darvozabon.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UOL