Dani Alvesda "Inter"dan taklif bor, biroq u "Barsa"ga qaytmoqchi

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2019, 21:15
Braziliya terma jamoasi himoyachisi Dani Alvesning navbatdagi klubi nomi haligacha ma'lum emas.

36 yoshli braziliyalikda "Inter"dan taklif bor, ammo u hali ham taklifni qabul qilmadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Alves "Barselona"ga qaytishni xohlayapti va kataloniyaliklardan taklif kutyapti.

Braziliyalik kelajagi borasida yakuniy qarorni 20 iyulda qabul qiladi.

Oldinroq futbolchi PSJdan ketganini e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UOL Esporte