Dani Alves uni zo'rlashda ayblayotgan qizga tegajog'lik qilganini tan oldi. U barcha ayblovlarni rad etayotgandi

Eldor Akmurzayev
22 yanv 2023, 08:30
Braziliyalik taniqli futbolchi Dani Alves jinsiy zo'ravonlikda ayblanib, hibsga olinganidan keyin Brayans 1 qamoqxonasida ilk soatlarini o'tkazdi.

Alves sudgacha garovsiz qamoqda qoladi. Unga 4 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin.

“El Pais” manbasiga ko'ra, jabrlanuvchi futbolchidan moliyaviy tovon undirilishini emas, Alves qamoqqa tushishini istamoqda va adolat qaror topishiga ishonmoqda. Buni qizning taqdim etgan biologik dalillari ham tasdiqlaydi.

Dani Alvesning ko'rsatmalari esa bir necha bor o'zgargan. Dastlab u barchasini inkor etgan bo'lsa, endi 39 yoshli o'yinchi jabrlanuvchiga tegajog'lik qilganini tan oldi.

Braziliyalik hozirda Brayans 1 qamoqxonasining profilaktika bo'limida va u oxirgi 2 kun davomida deyarli ovqatlanmadi.

Avvalroq, “Pumas” tajribali himoyachi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: El Pais