Dani Alves Turkiyaga yo'l olishi mumkin

Alisher
24 iyun 2019, 16:06
PSJ himoyachisi Dani Alves faoliyatini Turkiyaning "Fenerbaxche" klubida davom ettirishi mumkin.

Oldinroq, 36 yoshli braziliyalik futbolchi PSJdan ketganini e'lon qilgan edi.

Alves PSJga 2017 yilda "Yuventus"dan o'tgan edi. Futbolchi yakunlangan mavsum Fransiya klubi libosida 32ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 8ta samarali uzatmaga erishgan.

Dani "Baiya" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'yinchi PSJdan oldin "Baiya", "Sevilya", "Barselona" va "Yuventus" jamoalarida to'p surgan.

transfermarkt.de himoyachini 2,5 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: A Spor