Dani Alves: “PSJ”ning jarimadan urilgan so'nggi goli menga tegishli. Shunday ekan shovqin solmang”

21 sen 2017, 22:29
“PSJ” himoyachisi Dani Alves jamoa futbolchilari orasidagi ziddiyat haqida gapirdi.

“Bilmadim siz qaysi o'yinni tomosha qildingiz, lekin men to'pni jamoadoshimdan olganim yo'q, balki mendan to'pni olib qo'yishdi. Yana shuni ma'lum qilmoqchimanki, “PSJ” tarkibida oxirgi marta jarimadan urilgan golga aynan men mualliflik qilganman. Shu bois ovozingizni yumishni va bahsli vaziyatga meni nomimni aralashtirmaslikni tavsiya etaman”, dedi braziliyalik himoyachi.


O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com