

"Men faqatgina o'zim ko'rgan o'yinchilar haqida gapira olaman. Faoliyatim davomida juda ko'p iqtidorli o'yinchilarni ko'rdim. Ammo, bunchalik uzoq vaqt eng yuqori darajada deyarli hech kim o'ynolmagan.
Messi - argentinalik bo'lishiga qaramasdan, tarixdagi eng buyuk o'yinchi", -deydi Dani Alves.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messining "Barselona" bilan shartnomasi allaqachon o'z nihoyasiga yetib ulgurdi. Argentinalik futbolchi esa kelajagi borasidagi qarorini hali e'lon qilib ulgurganicha yo'q.



