

- Damir, faoliyatingizda yangi sahifa ochilyapti. Endi siz Andijonning yangi a'zosisiz...
- Bu jamoaga kelganidan xursandman. Xudo xohlasa, yaxshi tramplin bo'ladi, deb o'ylayman.
- Transfer oynasi yopilishiga oz fursat qolganida sizning Andijonga o'tishingiz amalga oshdi. Bu qanday yuz berdi?
- Kutib yurgandim. Jamoamni o'zgartirishim kerak edi. Muhit o'zgarishi lozim edi. Andijon varianti paydo bo'lganidan keyin ikkilanib o'tirmasdan bu taklifga rozilik bildirdim va buni xursandchilik bilan qabul qildim.
- Bungacha Andijonga qarshi ko'p o'ynagansiz. Qanday xotiralar qolgan?
- Andijon ajoyib jamoa. Bu yerda qancha futbolchi o'zgarsa ham baribir ichki muhit o'zgarmaydi. Har doim ahil va inoq jamoa bo'lib qolaveradi. Men mana shunday ahil jamoaga qo'shilganimdan mamnunman.
- Futbolchini o'z oldiga qo'ygan maqsadi bo'ladi. Siz Andijon bilan nimani ko'zlayapsiz?
- Maqsad har bir o'yinda g'alaba qozonish va maksimal natijaga erishish.
- Kelgan chog'ingizda bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov bilan ham suhbatlashib oldingiz. U sizga nimalar dedi?
- Iliq kutib olishdi va menga oson bo'lmasligini aytishdi. Raqobat bo'lishini ta'kidladilar. Raqobat bo'lgan joyda albatta o'sish bo'ladi.
- Bobur arenada o'ynagansiz. Bu yerda qanaqa muhit bo'lishini bilasiz...
- Mehmon bo'lib yoki mezbon bo'lib o'ynasangiz ham bunaqa atmosferada to'p surish futbolchi uchun birinchi navbatda baxt desa ham bo'ladi. Bunday muhitda o'yin yanada chiroylilashib boraveradi. Avvalambor futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Xudo xohlasa, Andijon ishqibozlarini g'alabalarimiz bilan quvontiramiz.



