Damir Temirov: "Shackixni bir so'z bilan aytganda - top murabbiy"

Aslanov Jasurbek
6 avg 2025
"Andijon" ikkinchi davrani ko'tarinki ruhda boshladi.

16-turda o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qilgan "burgutlar" 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu o'yinda mezbonlar safida Damir Temirov dubl muallifiga aylandi. Yarim himoyachi o'tgan uchrashuv haqida fikrlarini bildirdi:


- "Qo'qon-1912" bilan o'yin iliq taassurot qoldirdi. Muxlislarga qo'llab-quvvatlashgani uchun rahmat aytib qolaman. Biz bunday atmosferada yanada oldinga qadam tashlaymiz.


Yangi murabbiyga kelsak, Maksim Shackix - bir so'z bilan aytganda, top murabbiy. Biz har bir o'yinda raqibga alohida taktika tayyorlaymiz. Umuman olganda, bu murabbiyning ishi, biz faqat ko'rsatmalarni bajarishimiz kerak.


Jamoamizning salohiyati yuqori. OCHLda ham har bir o'yinda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz, - deydi Damir Temirov.


Ma'lumot uchun, "Andijon" navbatdagi uchrashuvini 7 avgust kuni "Nasaf"ga qarshi o'tkazadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia