Dahshat! Inyaki Uilyams Primeroda ketma-ket 147-o'yinida qatnashdi

Mirjalol Normatov
14 iyun 2020, 22:15
Bugun "Atletik" hamda "Atletiko" jamoalari ishtirokidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

1:1 hisobida yakunlangan bahsda mehmonlar tarkibida Inyaki Uilyams ham qatnashdi. Qayd etish kerak, hujumchi Primeroda ketma-ket 147-o'yinda ishtirok etmoqda. Shu davr mobaynida u biror marta diskvalifikaciyaga ham uchramadi va jarohat ham olmadi.

Uilyams ushbu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2014 yildan buyon asosiy jamoa tarkibida o'ynamoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA