SSKA - Real: sotuvda 5 000ta chipta qoldi

Aziz Tukhtamuradov
2 okt 2018, 01:06
Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turidan o'rin olgan SSKA va Madridning “Real” klublari uchrashuviga chiqarilgan chiptalar deyarli sotib bo'lindi.

Hozirgacha stadion chiptaxonalarida taxminan 5 000ta chipta qolmoqda. O'yin bugun, 2 oktyabr kuni Moskva shahridagi “Lujniki” stadionida bo'lib o'tadi. JCH-2018 final uchrashuvi o'tkazilgan arena o'z bag'riga 78 011 tomoshabinni sig'dira oladi. 

Ma'lumot uchun, guruh bosqichining ilk turida SSKA safarda “Viktoriya Plzen” jamoasi bilan durang (2:2) o'ynagandi. “Real” esa o'z maydonida Rimning “Roma” klubidan 3:0 hisobida ustun kelgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif