SSKA ikki futbolchisini ijaraga berib yubormoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
20 iyun 2024, 16:12
SSKA bosh murabbiy Marko Nikolich boshchiligida Novogorskdagi bazasida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

"Rossiya terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashgan futbolchilar - Fyodor Chalov, Ivan Oblyakov va Igor Diveev jamoaga 25 iyun kuni kelib qo'shiladi. 

O'zbekiston terma jamoasidagi o'yinlardan keyin Abbosbek Fayzullaev Moskva klubiga 27 iyun kuni qaytadi. Viktor Mendes salomatligidagi muammolar tufayli keyinroq asosiy jamoaga qo'shilishi rejalashtirilgan.

Vladimir Shayxutdinov va Sid Axmed Aysaui esa muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun boshqa klubga ijaraga ketishi kerak", - deb yoziladi klub xabarida.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: pfc-cska.com