

Bu haqda klub sport direktori Mixael Cork e'lon qildi.
"Biz Obameyyang bilan bu borada jiddiy suhbat o'tkazdik. Bu harakatlar oqibatini u bilardi desak xato bo'ladi. Ammo bunday ko'rinishlarga jim qarab turmadik va Obameyyangni jarimaga tortdik. Futbolchi bizni to'g'ri tushundi. Obameyyang boshqa O'rgimchak-odam niqobida golni nishonlamaydi" - deydi Cork.
Obameyyang "Shalke-04"ga qarshi Bundesliganing 26-tur uchrashuvida Nike kompaniyasi belgisi tushirilgan O'rgimchak-odam niqobida o'z golini nishonlagan edi. "Borussiya"ning texnik hamkori esa Puma.



