Coca Cola Superliga. "Andijon" Bekoboddan durang bilan qaytdi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2020, 18:53
Coca Cola Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 
METALLURG – ANDIJON - 1:1
30 sentyabr. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 17:00
Hakamlar:
Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Husniddin Shodmonov, Davronbek Akmalov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Sardor Qudratullaev 

Gol: Shahzod Ubaydullaev 22, - 1:0 (Abror Toshqo'ziev). Doniyor Abdumannopov 88, - 1:1 (Abdullo Olimov).

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 5.Abbosjon Otaxonov, 8.Salamat Qutiboev (20.Xudoyshukur Sattorov, 76), 10.Shahzod Ubaydullaev, 14.Abror Toshqo'ziev, 21.Kamoliddin Tojiev, 23.Abdurahmon Abdulhaqov (7.Doniyor Narzullaev, 34), 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 28.Stanislav Andreev (22.Shahzodbek G'ofurbekov, 54), 43.Davron Anvarov (15.Zohid Abdullaev, 76), 88.Evgeniy Chumak.
Zaxira: 1.Akmal Tursunboev, 9.Mahmudjon Qudratillaev, 11.Murodbek Bobojonov, 30.Andrey Shipilov, 36.To'lqin Ergashev.

"Andijon": 16.Eldor Adhamov, 3.Azamat Isroilov, 4.Farhod Mirahmatov, 5.Xushnudbek Avilov, 6.Baxtiyor Qosimov (70.Nodir Mavlonov, 64), 8.Farhod Bekmuratov, 11.Siroj Meliev (99.Jamshid Homidov, 47) (15.Rustamjon Qo'chqorov, 87), 17.Abdullo Olimov, 22.Usmonali Ismonaliev, 27.Muhammadali Yuldashev (25.Qahramon Bahodirov, 64), 33.Doniyor Abdumannopov.
Zaxira: 1.Aslonbek Ahrorov, 2.Muhammadali Tursunov, 20.Asilbek Azizov, 90.Ozodbek Qahhorov, 91.Saidjon Muhammadinov, .

Ogohlantirishlar: Baxtiyor Qosimov 32, Evgeniy Chumak 43,




MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH




90+3. O'YIN TUGADI! "Metallurg" - "Andijon" 1:1

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi

88. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DONIYOR ABDUMANNOPOV 1:1. Abdullo Olimovning ajoyib to'p uzatishidan keyin Abdumannopov to'pni egallab to'pni darvozaga yo'lladi! 




76. O'zgarishlar. "Metallurg". Salamat Qutiboev o'rniga Xudoyshukur Sattorov, Davron Anvarov o'rniga Zohid Abdullaev tushdi

75. ZARBAAA! Abdullo Olimovning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib maydonni tark etdi

73. Mehmonlar hisobni tenglashtirish uchun hujumga o'tishmoqda

64. O'zgarishlar. "Andijon". Yuldashev va Qosimov o'rniga Qahramon Bahodirov va Nodir Mavlonov tushdi

58. ZARBA! Abdullo Olimovning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi!

54. O'zgarish. "Metallurg". Andreev o'rniga G'ofurbekov

48. ZARBA! Ubaydullaevdan zarba, Eldor Adhamov o'z o'rnida.

47. O'zgarish. "Andijon". Siroj Meliev o'rniga Jamshid Homidov

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+2. Birinchi taym tugadi, hozircha 1:0, "Metallurg" oldinda 

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

44. ZARBAAAAAAAA! Abdullo Olimovning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin to'pni Lobanov ushlab oldi! 

43. Ogohlantirish. "Metallurg". Evgeniy Chumak

39. ZARBAA! Abdulloh Olimovning zarbasi anchagina noaniq ketdi!

38. ZARBAA! Jarima to'pidan yo'llgan zarbasini Lobanov ushlab ololmadi, qaytgan to'pni Meliev darvozaga yo'llashga urindi, to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi!

34. O'zgarish. "Metallurg". Jiddiy jarohat olgan Abdurahmon Abdulhaqov o'rniga Doniyor Narzullaev tushdi

32. Ogohlantirish. "Andijon". Baxtiyor Qosimov

30. GOOOOOOOOOOL! Shahzod Ubaydullaev gol urdi, biroq undan oldin to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun gol inobatga olinmadi




28. Xavfli vaziyat! Chap qanotdan Mirahmatov to'pni jarima maydoniga uzatdi, Abdumannopovning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

22. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Shahzod Ubaydullaev 1:0. Abror Toshqo'zievning ajoyib to'p oshirishidan keyin Shahzod boshi bilan raqib darvozasini aniq nishonga oldi.




18. Shahzodbek Ubaydullaevning zarbasi biroz noaniq ketdi.

15. Abror Toshqo'ziev zarba berishni cho'zib yubordi. Abdulhaqovning zarbasini himoyachilar to'sdi, Shahzod Ubaydullaevning chalqancha uslubda bergan zarbasi esa noaniq chiqdi.

10. ZARBAAA! Doniyor Abdumannopovning jarima maydoni yonidan yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi

9. Xavfli vaziyat! Mehmonlarning hujumi, Bekmuratovning darvoza tomon yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi

4. ZARBA! Abror Toshqo'zievning bosh bilan zarbasi aniq chiqmadi.

1. O'YIN BOSHLANDI

- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia