Chustga futbol qaytadimi? Chust tumanida ajoyib futbol musobaqasi bo'lib o'tdi

Nadirkhuja Yuldashev
16 may 2023, 16:19
Chust o'zbek futboli tarixida o'z o'rniga ega bo'lib kelgan.

Bugun mana shu yaxshi ananani tiklash maqsadida, Chust FM va u yerdagi futbol bo'yicha mutaxassislar, Daminov Timur va Muxtorov Husniddin tumanda o'z o'rniga ega bo'lgan Hafizjon Azizovning farzandlari, Ulug'bek Azizov homiyligida yaxshi ishga qo'l urdilar.




Kelajak Yulduzlari co bilan hamkorlikda dastlabki qadam tashlandi. 11 - 14 may oralig'ida xotira turniri tashkil qilindi. 4 kun davom etgan musobaqada 2014 yilda tavallud topgan 8ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib bordilar.


Yakuni natijalar bilan tanishing: 


1/2 final 

Istiqlol Zvezda - Navbahor Umid 2:3

Chirchiq - Ahmadxon 1:2



3-o'rin uchun 

Chirchiq - Istiqlol Zvezda 4:3

Final 

Ahmadxon - Navbahor Umid 2:2 (2:1)


Musobaqa yakuniga etgach eng yaxshilar bo'yicha nominaciyalar o'z egalariga topshirildi.

Eng yaxshi darvozabon - Muhammadjon Umarov.

Eng yaxshi himoyachi - Muhammadzokir Zokirjonov.

Eng yaxshi yarim himoyachi - Muhammadismoil Fozilov.

Eng yaxshi hujumchi - Elyor Dilmurodov.

Eng yosh o'yinchi - Jasurbek Hafizjonov.

Tashkilotchi murabbiy - Husniddin Muxtorov.


O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia