Chorluka: "Bilich meni "Vest Xem"ga chaqirdi, ammo uyim - "Lokomotiv"

Aslanov Jasurbek
16 avg 2016, 18:14
Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Vedran Chorluka unda "Vest Xem"dan taklif bo'lgani haqida aytdi.

Chorluka bir necha kun oldin "temiryo'lchilar" bilan shartnomani 4 yilga uzaytirdi.

"Bilich meni kelishuvni uzaytirganim bilan tabrikladi. Slaven meni "Vest Xem"ga chaqirdi! Ammo men "Lokomotiv"da o'ynashni davom ettirmoqchi ekanligimni aytdim. "Loko" men uchun "Vest Xem"dan yaxshiroq. Bu mening uyim" - deydi Chorluka.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com