Chiro Ferrara Ronaldu bu mavsum 30dan ortiq gol ura olmasligining sababini aytdi

Mirjalol Normatov
2 sen 2018, 15:27
"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Chiro Ferrara gol ura olmayotgan Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

"Ronaldu bu mavsumda 25-26ta gol ursa kerak deb o'ylayman. U 30dan oshiq gol ura olmaydi, bu aniq. Italiyada barchasi Ispaniya kabi emas, gap himoyachilarning faqatgina saviyasida va uslubida. Italiyada ko'proq taktikaga e'tibor beriladi, hatto kichik jamoalar ham ispan klublaridan anchagina tartibli. Krishtianu bu yerda anchagina qiynaladi", - dedi Ferrara.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia