"Chig'atoy" sport majmuasida hakamlar nazoratchilari uchun seminar bo'lib o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2019, 10:50
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizda hakamlik sohasini rivojlantirish va hakamlarning mahoratini oshirib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, "Chig'atoy" sport majmuasida hakamlar nazoratchilari uchun o'quv-seminari boshlandi. Seminarning tajribali mutaxassis Vladislav Seytlin olib boryapti. Seminar davomida hakamlar nazoratchilari o'yin qoidalari bo'yicha videotestlar topshirishmoqda. Bundan tashqari, nazariy bilimlarini tekshirish imtihonlari ham o'tkaziladi.
 
Mazkur seminar 30 yanvarga qadar davom etadi. Sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan hakamlar nazoratchilari yangi mavsumda Superliga uchrashuvlarida faoliyat olib borishlari mumkin bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz