Seytlin Eron – Yaponiya bahsida nazoratchilik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
29 iyun 2023, 15:35
Bu haqda O'zbekiston futbol hakamlari markazi xabar berdi.

"Tailandning Patxumtxani shahridagi "Tammasat" stadionida o'tkazilayotgan uchrashuvda inspektorimiz ishtirok etmoqda. Unga ko'ra, Vladislav Seytlin Osiyo Kubogi yarim finalidan o'rin olgan Yaponiya – Eron uchrashuvida nazoratchilik qilish uchun tayinlov olgan", – deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, ikkinchi yarim final bahsida O'zbekiston U-17 terma jamoasi Koreya Respublikasi U-17 termasiga qarshi maydonda saf tortadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази