Chicharito: Aleks Fergyuson – hayotimdagi muhim insonlardan biri

Aziz Tukhtamuradov
4 mar 2016
Bayer futbolchisi Chicharito Manchester Yunaytedning sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyusonga bo'lgan munosabati haqida gapirib o'tdi.

"Men uchun u eng zo'ri. U menga Yevropada o'ynash orzuimni amalga oshishiga imkon bergan.

Shu sababli, men undan minnatdorman. Men doimo aytaman: Aleks Fergyuson - mening hayotimdagi eng muhim insonlardan biri.

U bilan gaplashib turamiz. "Atletiko"ga qarshi o'yin oldidan u bilan yozishdik. Bazida ko'rishib ham turamiz", - deydi meksikalik futbolchi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: goal.com