Chicharito 20-turning eng yaxshi futbolchisi

Aslanov Jasurbek
14 fev 2017, 14:21
"Bayer" hujumchisi, Chicharito laqabi bilan mashhur bo'lgan Xaver Ernandes Germaniya chempionatining 20-turida eng yaxshi futbolchi deb topildi.

Chicharitoning tur futbolchisi nomini qo'lga kiritishiga "Ayntraxt"ga qarshi bahsda (3:0) qayd etgan dubli sabab bo'ldi.

Joriy mavsumda Chicharito Bundesliganing 18 ta o'yinida 8 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia