Vela hamda Chicharito Qatardagi mundialga bormaydi

Eldor Akmurzayev
21 sen 2022
Meksika TJ ustozi Xerardo Martino shunday qarorga keldi.

U Karlos Vela hamda Chicharito JCH-2022'da qatnashmasligini aytdi. 59 yoshli mutaxassis sentyabrdagi yig'inlar uchun mazkur ikki futbolchini qaydnomaga kiritmadi. Meksikaliklarni oldinda Peru hamda Kolumbiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari kutmoqda.

Meksika TJga bo'lajak mundial guruh bosqichida Argentina, Saudiya Arabistoni hamda Polsha raqiblik qiladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport-express.ru