"Cheranning goli, bu yilgi selekciya va barqarorsizlik haqida". Ulug'bek Baqoev "Paxtakor" bilan o'yindan keyin nimalar dedi?

Narzulla Saydullayev
21 okt 2020, 18:44
Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "So'g'diyona" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.




"Bugun yaxshi jamoaga, O'zbekiston chempioniga qarshi o'ynadik. Raqib safida milliy terma jamoa a'zolari bor edi. Shu bois himoyaviy taktikani tanladik va tezkor qarshi hujumga o'tishga intildik. Nimadir o'xshadi, nimadir o'xshamadi. Yigitlar bor kuchlari bilan o'ynashdi, barchaga o'yin uchun rahmat aytaman. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman", - deydi Baqoev.

- Bu yilgi barqarorsizlikka nima sabab bo'lmoqda?

- Birinchi faktor mavsumni omadsiz tarzda boshladik, mag'lubiyatlar, duranglar, ko'p ochkolar yo'qotdik. Keyin pandemiya, karantinlar, ritm buzildi. O'sha paytda kim ko'proq tayyor bo'lsa ko'p ochko to'plab oldi. O'z maydonimizda ko'p ochkoni yo'qotdik. Mavsum avvalida yetakchi o'rinlarda bo'lishni istagandik. Ammo o'xshamadi. Bu futbol.

- Sizningcha Cheranning golida o'yindan tashqari holat bormidi?
- Murabbiylar zaxira o'rindig'idan turib bu vaziyatni ko'rish qiyin. TV takroriy lavhalarni ko'rib baho berish mumkin. Rostini aytaman bu vaziyatda aniq javob bera olmayman.

- Bu mavsumdagi selekciyadan ko'nglingiz to'ldimi?

- To'g'risini aytsama, selekciya 50ga50 bo'ldi. Kimgadir ishondik, bazilar jamoaga qo'shilib keta olmadi. Qaysidir yigitlar o'zlaridan yaxshi taassurot qoldirmoqda, bazilar esa aksincha. Lekin hech kimga etirozim yo'q.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia