Chempionship klublari gol aniqlash tizimidan foydalanish borasida kelishib olishdi

Aslanov Jasurbek
17 fev 2017, 11:49
Chempionship klublarining rahbarlari golni avtomatik aniqlash tizimidan foydalanishga kelishib olishdi.

Yangilik 2017/18 mavsumdan ishga tushadi.

Qaror qabul qilindi va bu Chempionshipning yillik yig'ilishida e'lon qilinadi.

Agar to'p darvoza chizig'ini kesib o'tsa, tizim hakam soatiga 1 soniya ichida vibraciya va optik signal yuboradi. Ayni damda tizim APL, A Seriya, Liga 1, Chempionlar ligasi, jahon chempionati va Yevropa chempionatida ishlatilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВВС