

Short-listdan kimlar joy olgan?
Quyida UEFA Chempionlar ligasida o'tgan mavsumning chiziqlar bo'yicha eng yaxshilari bo'lishga da'vogarlar ro'yxatini keltirib o'tamiz. 12 nafar nomzoddan yarmi "Real" futbolchilari.
Eng yaxshi darvozabon
Janluiji Buffon ("Yuventus")
Manuel Noyer ("Bavariya")
Yan Oblak ("Atletiko")
Eng yaxshi himoyachi
Leonardo Bonuchchi ("Yuventus")
Marselo ("Real")
Serxio Ramos ("Real")
Eng yaxshi yarim himoyachi
Kazemiro ("Real")
Toni Kroos ("Real")
Luka Modrich ("Real")
Eng yaxshi hujumchi
Paulo Dibala ("Yuventus")
Lionel Messi (Barselona)
Krishtianu Ronaldu ("Real")
Sovrin birinchi bor YCHL guruh bosqichiga qur'a tashlanadigan 24 avgust sanasida topshiriladi. O'sha kuni, shuningdek Yevropaning eng yaxshi erkak va ayol futbolchisi ham e'lon qilinadi.
O'tgan mavsum "Real" Chempionlar ligasini ketma-ket ikki yil yutgan tarixdagi birinchi jamoaga aylangan edi. Kardiffdagi "Millenium" stadionida kechgan finalda "qirollik klubi" "Yuventus"ni 4:1 hisobida mag'lub etgan edi.




