Chempionlar Ligasida hafta goli aniqlandi

Alisher
14 apr 2022
"Real" vingeri Rodrigoning goli Chempionlar Ligasida ushbu haftaning eng yaxshisi deb tan olindi.

21 yoshli braziliyalik futbolchi CHL 1/4 final "Chelsi"ga qarshi o'yinning 80-daqiqasi (hisob o'sha paytda 0:3 bo'lib turgandi)da Luka Modrichning uzatmasidan so'ng gol urdi.

Bu gol "Real"ga o'yinni qo'shimcha daqiqalarga qadar olib borishni taminladi. 96-daqiqada Karim Benzema yana bir gol urdi va "Real"ga ikki o'yin natijasiga ko'ra g'alabani taqdim etdi.


→ GOLNI TOMOSHA QILISH 



AlisherMuallif
Manba: uefa.com

O'xshash yangiliklar