Chempionlar ligasi. Yarim finalga qur'a tashlandi

Aslanov Jasurbek
13 apr 2018, 16:17
Bugun Shveytsariyaning Non sharhirada Chempionlar ligasi yarim final juftliklarini aniqlash uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Kievda o'tadigan finalda "Bavariya" yoki "Real" mezbon jamoa sifatida o'ynaydi.


"BAVARIYA" - "REAL"


"LIVERPUL" - "ROMA"


BOSHLAYMIZ!



16:06. Yarim final juftliklarini aniqlashda Kievda bo'ladigan Chempionlar ligasi finali elchisi, sobiq "Milan" futbolchisi Andrey Shevchenko yordam beradi.


16:05. Sobiq bokschi, ayni damda Kiev meri Vladimir Klichko Nonda nutq so'zlamoqda.


16:03. Yarim final ishtirokchilari quyidagilar: "Real", "Roma", "Bavariya", "Liverpul".


15:55. Klopp: "Biz yarim finalga munosibmiz. Bu bosqichga yetib kelganimizdan mamnunman. Yarim finalda ham borimizni beramiz".


15:50. Xaynkes: "Futbolchilarim Chempionlar ligasida g'olib bo'lmoqchi. Navbatdagi o'yinlar kurashlarga boy bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia