Chempionlar ligasi. Keyingi bosqichda qanday juftliklar bo'lishi mumkin?

Aslanov Jasurbek
7 dek 2017, 12:39
Kecha, 6 dekabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichining so'nggi uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

6-tur bahslaridan so'ng Chempionlar ligasining 1/8 finaliga chiqqan jamoalar nomi ma'lum bo'ldi:

Guruhda birinchi o'rinni olganlar: "Manchester Yunayted", PSJ, "Roma", "Barselona", "Liverpul", "Manchester Siti", "Beshiktosh", "Tottenxem".

Guruhda ikkinchi o'rinni olganlar: "Bazel", "Bavariya", "Chelsi", "Yuventus", "Sevilya", "Shaxtyor", "Portu", "Real".

11 dekabr kuni Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

1/8 final bosqichida qanday juftliklar paydo bo'lishi mumkinligi haqida ma'lumot beramiz.

Qoidalar

  • Guruhda birinchi o'rinni olgan jamoalar boshqa guruhdagi faqat ikkinchi o'rindagilar bilan to'qnash kelishi mumkin.
  • 1/8 finalda bir mamlakat klublari bir-biriga qarshi o'ynay olmaydi.


Raqibga aylanishi mumkin bo'lgan jamoalar:

"Manchester Yunayted" - "Bavariya", "Yuventus", "Sevilya", "Shaxtyor", "Portu", "Real".

PSJ - "Bazel", "Chelsi", "Yuventus", "Sevilya", "Shaxtyor", "Portu", "Real".

"Roma" - "Bazel", "Bavariya", "Sevilya", "Shaxtyor", "Portu", "Real".

"Barselona" - "Bazel", "Bavariya", "Chelsi", "Shaxtyor", "Portu".

"Liverpul" - "Bazel", "Bavariya", "Yuventus", "Shaxtyor", "Portu", "Real".

"Manchester Siti" - "Bazel", "Bavariya", "Yuventus", "Sevilya", "Portu", "Real".

"Beshiktosh" - "Bazel", "Bavariya", "Chelsi", "Yuventus", "Sevilya", "Shaxtyor", "Real"

"Tottenxem" - "Bazel", "Bavariya", "Yuventus", "Sevilya", "Shaxtyor", "Portu".

"Bazel" - PSJ, "Roma", "Barselona", "Liverpul", "Manchester Siti", "Beshiktosh", "Tottenxem".

"Bavariya" - "Manchester Yunayted", "Roma", "Barselona", "Liverpul", "Manchester Siti", "Beshiktosh", "Tottenxem".

"Chelsi" - PSJ, "Barselona", "Beshiktosh".

"Yuventus" - "Manchester Yunayted", PSJ, "Liverpul", "Manchester Siti", "Beshiktosh", "Tottenxem".

"Sevilya" - "Manchester Yunayted", PSJ, "Roma", "Manchester Siti", "Beshiktosh", "Tottenxem".

"Shaxtyor" - "Manchester Yunayted", PSJ, "Roma", "Barselona", "Liverpul", "Beshiktosh", "Tottenxem".

"Portu" - "Manchester Yunayted", PSJ, "Roma", "Barselona", "Liverpul", "Manchester Siti", "Tottenxem"

"Real" - "Manchester Yunayted", PSJ, "Roma", "Liverpul", "Manchester Siti", "Beshiktosh".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia