Chempionlar ligasi. Bugungi o'yinlarga taxminiy tarkiblar

Tolibjon Qosimov
13 fev 2018, 15:16
Bugun Yevropa Chempionlar ligasida nimchorak final bellashuvlariga start beriladi.

1/8 final uchrashuvlarining birinchi kunidanoq bizni supero'yin kutib turibdi. Turinda muxlislar "Yuventus" va "Tottenxem" o'rtasidagi qarama-qarshilik guvohi bo'lishlari mumkin. Quyida bugun o'tkaziladigan ikkita o'yinning taxminiy tarkiblarini e'tiboringizga havola etamiz.

YCHL
Nimchorak final

13.02.2018

"Bazel" - "Manchester Siti"
"Sankt-Yakob Park" stadioni

"Bazel": Tomash Vaclik - Leo Lakrua, Marek Suxi, Balanta - Mixael Lang, Fabian Fray (Zuffi), Tolyant Jaka, Raul Petretta - Muhammad Elyunussi, Riki van Volfsvinkel, Dimitri Oberlen.
O'ynamaydi: Vaylati (elkasi jarohatlangan)
So'roq ostida: Balanta (son), Zuffi (tovon).
Bugun sariq olsa keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi: Balanta, Petretta, T.Jaka.

"Manchester Siti": Ederson - Kayl Uoker, Nikolas Otamendi, Emerik Laport, Oleksandr Zinchenko - Fernandino, Bernardu Silva, David Silva, Kevin De Bryuyne, Rahim Sterling - Serxio Aguero.
O'ynamaydi: Benjamin Mendi (tizza), Gabriel Jezus (tizza)
Bugun sariq olsa keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi: Danilo.



"Yuventus" - "Tottenxem"
"Alyanc Stedium"

"Yuventus": Janluiji Buffon - Mattiya De Shilo, Mexdi Benatiya, Jorjo Kellini, Aleks Sandro - Sami Xedira, Miralem Pyanich, Stefano Sturaro - Duglas Kosta, Gonsalo Iguain, Mario Mandjukich.
O'ynamaydi: Xuan Kuadrado (chog'), Blez Matyuidi (son), Benedikt Xevedes (son), Paulo Dibala (son), Andrea Bardzali, Shtefan Lixtshtayner (son).
Bugun sariq olsa keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi: Miralem Pyanich.

"Tottenxem": Ugo Loris - Kevin Tripper, Davinson Sanches, Yan Vertongen - Son Xyon Min, Mussa Dembele, Erik Dayer, Ben Devis - Kristian Eriksen, Dele Alli - Xarri Keyn.
O'ynamaydi: Tobi Alderveyreld (jismoniy holat sabab).
Bugun sariq olsa keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi: Serj Ore.



Sizningcha, bugungi o'yinlarda kimning imkoniyatlari qanday?


Taxminiy tarkiblar UEFA rasmiy saytidan olindi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia