

Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk bahs 3:0 hisobida ingliz klubining g'alabasi bilan yakunlangan edi. Nemis grandi o'z maydonida kambek uyushtirishga harakat qiladi. E'tiboringizga ushbu jamoalarga oid so'nggi yangiliklarni taqdim etamiz:
"Borussiya" Dortmund
- Dortmundliklar Bundesliganing so'nggi turida chempionat autsayderini mag'lub eta olmadi
- "Borussiya" hujumchisi Marko Roys "Tottenxem"ga qarshi bahsga tayyor
- Lukash Pishchek jarohat tufayli bugungi uchrashuvda ishtirok etmaydi
"Tottenxem"
- "Shporlar" yarim himoyachisi Dele Alli jarohatidan qutildi, ammo hozircha maydonga tusha olmaydi
- Maurisio Pochettino APL rahbariyatidan taqvim bo'yicha yordam berishni so'radi

Taxminiy tarkiblar
"Borussiya" D: Byurki, Gerreyro, Diallo, Akanji, Xakimi, Vitsel, Deleyni, Roys, Gyotce, Sancho, Alkaser.
"Tottenxem": Loris, Vertongen, Sanches, Alderveyreld, Ore, Uinks, Dayer, Sissoko, Eriksen, Son Xyon Min, Keyn.
Ushbu o'yinga oid qiziqarli ma'lumotlar
- "Borussiya" "Tottenxem"ga qarshi o'tkazgan so'nggi 6ta o'yinida kamida 3ta gol kiritilgan
- "Shporlar" dortmundliklar bilan bo'lgan so'nggi 3ta uchrashuvda g'alabaga erishdi
- "Tottenxem" Chempionlar ligasidagi oxirgi 5ta bahsda mag'lub bo'lmadi



