"Chelsi"ning "Uotford"ga qarshi o'yini muxlis sabab to'xtab qoldi

Aziz Tukhtamuradov
2 dek 2021, 07:50
Tunda APL doirasida "Uotford" - "Chelsi" o'yini bo'lib o'tdi.

O'yin 13-daqiqada to'xtab qoldi. Bosh hakam Devid Kut muxlislardan biriga tibbiy yordam kerakligini payqab qoldi. Shundan so'ng, "Chelsi" futbolchisi Markos Alonso tashabbus ko'rsatdi. 

Muxlisga tibbiy yordam ko'rsatilayotgan payt futbolchilar hakam ko'rsatmasiga binoan, maydonni tark etishdi. Taxminan yarim soatdan so'ng ular qaytishdi va o'yin davom ettirildi. 

Keyinroq, muxlisning yuragi huruj qilgani ma'lum qilindi. Ayni paytda, uning holati yaxshilangan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif