"Betis" Konferenciyalar Ligasi finalidan oldin hazil tariqasida logotipini o'zgartirdi

Sherzod Nurmatov
23 may 2025, 15:14
Ispaniya klubi hazil qilgan holda "Chelsi"ga qarshi Konferenciyalar Ligasi finali arafasida logotipini yangiladi.

Klub emblemasiga qushni joylashtirib qo'ydi.

Avvalroq tarmoqlarda qiziqarli suratlar tarqalgandi. Unda ushbu mavsum logotipida qush tasvirlangan jamoalar – "Liverpul", "Nyukasl", "Kristal Pelas" va "Tottenxem" turli sovrinlarni qo'lga kiritgani aks etgan edi.

Eslatib o'tamiz, EKL finali 28 may kuni Polshaning Vroclav shahrida tashkil etiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realbetisbalompie.es