"Chelsi"ning ikki futbolchisi "Brentford"ga qarshi o'ynamaydi

Mirjalol Normatov
15 okt 2021, 23:29
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Brentford"ga qarshi o'yin oldidan jamoadagi yo'qotishlar haqida gapirdi.

Uning aytishiga ko'ra, Antonio Ryudiger termasi tarkibida jarohat olgan. Kristian Pulishich esa hali tiklanib ulgurganicha yo'q. Shuningdek, so'nggi ikki mashg'ulotni bosh og'rig'i bilan o'tkazgan Hakim Ziyeshning o'yinda qatnashishi so'roq ostida turibdi.

APLning 8-turi doirasida "Brentford" hamda "Chelsi" jamoalari ishtirokidagi o'yin 16 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal