"Chelsi" "Yuventus" qiziqayotgan futbolchini ilib ketishi mumkin

Alisher
8 may 2020, 11:08
"Chelsi" "Fiorentina" hujumchisi Federiko Keza bilan shartnoma imzolamoqchi.

Xabarlarga ko'ra, London klubi istedodli futbolchi uchun kurashda yetakchi bo'lib turibdi.

Oldinroq, "Fiorentina" prezidenti Rokko Kommisso Kezani boshqa klubga o'tishiga rozilik bildirgandi. Transfermarkt futbolchini 48 million evroga baholamoqda.

Kezaga shuningdek "Yuventus", "Inter" va "Manchester Yunayted" klublari ham qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: skysports.com