

"Chelsi" yangi titul homiysi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Logotipi "ko'klar"ning uch qismli formalarida bo'lgan "Three" bilan 40 million funt sterlinglik shartnoma shu yozda tugaydi.
London klubi kelishuvni yangilamaydi. "Chelsi" Germaniyaning "Allianz" sug'urta kompaniyasi bilan moliyaviy jihatdan yaxshiroq kelishuvga erishmoqchi. Ushbu kompaniya "Bavariya", "Yuventus" va "Minnesota Yunayted"ga homiylik qiladi.



