"Chelsi" yangi darvozabon bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
31 iyul 2022
"Chikago Fayr" posboni Gabriel Slonina "Chelsi"ga o'tadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, London klubi 18 yoshli posbonning transferi bo'yicha kelishuvga erishgan. Posbon 14,6 million evro evaziga "Chelsi"ga o'tadi.

Darvozabon 31 iyul kunida tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Londonga yetib boradi.

Ushbu mavsumni u "Chikago Fayr" tarkibida o'tkazadi va 2023 yil iyulidan "Chelsi" a'zosiga aylanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano