Chelsi yangi bosh murabbiyi bilan kelishuvga erishdi

Khoja
28 may 2024, 09:16
Chelsi yaqin 72 soat ichida Enco Mareskani yangi bosh murabbiy sifatida tanishtiradi.

London klubi 44 yoshli mutaxassis uchun Lesterga 10 million funt tovon to'laydi. Murabbiy bilan esa uch yillik shartnoma imzolaydi. Enco Mareskaning Chelsidagi maoshi 8 million funtga yaqin bo'ladi. Enco Mareska bilan birgalikda Londonga uning besh nafar yordamchisi ham keladi.

Eslatib o'tamiz, Chelsi rahbariyati mavsum yakunidan so'ng Maurisio Pochettinoni iste'foga chiqargandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com