"Chelsi" yana bir futbolchisini ijaraga berib yubormoqchi

Aziz Tukhtamuradov
19 avg 2021, 09:56
Himoyachi Emerson "Chelsi"ni tark etadi.

Futbolchi mavsum oxiriga qadar endi ijara asosida "Lion" sharafini himoya qiladi. Fransiyaliklarda futbolchini xarid qilish huquqi bo'lmaydi. 

Tomonlar transfer borasida kelishib olishgan. Bu bugun rasman e'lon qilinishi mumkin. "Lion" bosh murabbiyi Peter Bos Emerson 22 avgust kuni "Klermon"ga qarshi kechadigan o'yindayoq maydonga tushishini istamoqda. 

Himoyachi o'tgan mavsumda APLda bor-yo'g'i ikkita o'yin o'tkazgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: L’Equipe