"Chelsi" yamaykalik futbolchi uchun 95 million to'lashga tayyor

15 mar 2020, 22:22
"Aristokratlar"ga Leon Beyli kerak.

"The Express" nashri xabariga ko'ra, "Bayer"ning 22 yoshli yarim himoyachisi "Chelsi", "Liverpul", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Londonning "Chelsi" klubi rahbariyati raqobatchilaridan ustun kelishni istaydi va Beyli uchun 95 mln evro (taxminan 85 mln funt) taklif qilishga tayyor.

Ma'lumot uchun, yamaykalik tezkor futbolchi "Bayer" tarkibiga 2017 yilda Belgiyaning "Genk" klubi safidan 13,5 mln evro  evaziga kelib qo'shilgandi. Uning Leverkuzen klubi bilan 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomasi bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Express