"Chelsi" xavbekini APLning uch jamoasi ijaraga olmoqchi

Alisher
26 sen 2020, 11:24
"Chelsi" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik klubini o'zgartirishi mumkin.

24 yoshli angliyalik futbolchini "Vest Xem" va "Aston Villa" klublari ijaraga olishni xohlamoqda.

Shuningdek Loftus-Chikni "Sautgempton" ham ijaraga olishni xohlayotgani haqida xabarlar bor, ammo ushbu klub "ko'klar" maoshning bir qismini to'lagan taqdirda, uni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, angliyalik futbolchi "Chelsi"ning so'nggi ikki o'yindagi qaydnomasiga kiritilmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: theguardian.com