"Chelsi" va "Arsenal" 80 million evrolik futbolchi uchun kurashmoqda

Alisher
19 yanv 2025, 07:58
"Arsenal" va "Chelsi" "Sporting"ning ivuarlik himoyachisi Usmon Diomande bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.

O'yinchining "Sporting" bilan kelishuvida 80 mln evrolik xarid qilish huquqi yozilgan band bor. Xohlovchi klub futbolchini ushbu narxga olishi mumkin. Lissabonliklar afrikalikni 50-60 mln evroga sotishga tayyor.

Diomande uchun shuningdek "Bavariya" da'vogarlik qilmoqda. Himoyachining o'zi APLga yo'l olishni afzal ko'radi. Usmon joriy mavsum 25ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: CaughtOffside