

APL 9-turi doirasida “Chelsi” – MYU (2:2) uchrashuvining so'nggi daqiqalarida londonliklar hisobni tenglashtirishgach, Yanni va Mourinyo o'rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.
MYU ustoziga “Chelsi” murabbiyning manchesterliklar texnik hududida golni o'ta faol tarzda nishonlashi yoqmagan. Natijada Mourinyo o'z o'rindig'ini tark etib, “aristokratlar” murabbiyini aqlini joyiga kiritib qo'yishga urindi.
AFA “Chelsi” bosh murabbiyi Sarrining yordamchisiga jazo tayinlashi kutilmoqda. Shuningdek, AFA Mourinyoga murabbiylik majburiyatlarini yana bir bor eslatib o'tgan.



