"Chelsi" ularsiz chempion bo'la olmasdi! (FOTO)

Aziz Tukhtamuradov
4 may 2015, 15:22
Xabaringiz bor, kecha Londonning "Chelsi" jamoasi muddatidan oldin Angliya Chempionligini qo'lga kiritdi.

Shu munosabat bilan, ushbu chempionlikka hissa qo'shganlarni alohida ta'kidlab o'tishni lozim topdik.

Fursatdan foydalanib yurtimizdagi "Chelsi" muxlislarini tabriklab qolamiz.

Tibo Kurtua. "Chexning o'zi yaxshi edi" deydiganlarni uyaltira oldi belgiyalik posbon


Jon Terri. 34 yoshli himoyachi "Chelsi" sardorligi ostida 4-chempionligini tantana qildi


Sezar Aspilikueta. Ispaniyalik futbolchi o'z o'yinlari bilan asosiy tarkibga mos futbolchi ekanligini isbotlay oldi


Nemanya Matich. Mourinyo matbuot anjumanlaridan birida futbolchiga "monstr" deb baho berdi. Haqiqatdan ham, serbiyalik futbolchi o'z vazifasini ajoyib tarzda uddalay oldi


Sesk Fabregas. Ispaniyalik futbolchi jamoaga kelgan ilk mavsumidayoq APL chempionligini qo'lga kiritdi. "Arsenal"da o'ynab yurgan vaqtlari esa...


Eden Azar. Agar u bo'lmaganida bugun "Chelsi"ning chempionligi haqida ushbu maqola tayyorlanmasligi ehtimoli mavjud edi. Mourinyo bejizga aytmagan: "Azarning har bir oyog'i 100 million funt turadi". Darvoqe, belgiyalik futbolchi shuningdek ushbu mavsumda APLning eng zo'r futbolchisi deb topildi


Diego Kosta. 20 ta gol kiritgan futbolchi mavsumning eng yaxshi to'purari bo'lishga ham da'vogar


Villian. Braziliyalik futbolchi ham o'ziga bildirilgan ishonchni ushbu mavsum to'lig'icha oqladi


Joze Mourinyo. Portugaliyalik murabbiyning bir gapi bor: "Oxirgi kulganning kulgisi haqiqiy kulgi". ("Smeetsya tot, kto smeetsya poslednim"). Jozening uslubiga faqat va faqat qoyil qolish kerak


Roman Abramovich. Klub ho'jayini. Aynan uning pullari evaziga jamoaga kerakli va kuchli futbolchilar sotib olindi. Ushbu ro'yhatga uni ham qo'shib ketmaslik adolatsizlik bo'lardi


Horij saytlari asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia